Marvarid tishlar oʻz goʻzalligini yoʻqotib, sargʻayib qoladi. Tish oralari esa qorayadi. Ushbu belgilar tishlarni yemiradigan toshlar yigʻilayotganini bildiradi. U oʻz vaqtida tozalanmasa, tishlar nafaqat goʻzalligini yoʻqotadi, balki yemirila boshlaydi.
Ushbu noxushlikni uy sharoitida ham yoʻq qilish mumkin. Bu usul – arzon va oson. Buning uchun yongʻoq va suv kerak, xalos.
Malhamni tayyorlash: 40 gramm grek yongʻoqining qobigʻini olib, bir stakan suvga solib yigirma daqiqa qaynatiladi. Qaynatma sovigach, dokadan oʻtkaziladi. Tayyor malhamga tish chyotkasi oʻn daqiqa botirib qoʻyiladi. Shundan keyin tish ushbu malhamli chyotka bilan tozalanadi. Ushbu usulni kuniga uch marta takrorlash mumkin.
Ikki hafta oʻtib, oppoq tishlarni koʻrib, koʻzingiz quvnaydi. Yongʻoqning qattiq qobigʻi bakteriyalarga qarshi kuchli vosita hisoblanadi. U tish emaliga yopishgan noxush qoldiklardan tozalab, davolaydi.
Dilbar BEKCHANOVA tayyorladi.