Qadimdan tabiblarimiz ovqatlanish tartibiga rioya qilishni bir-biriga mos kelmaydigan neʼmatlardan tiyilishni uqtirib, “kam ye, kam de” kabi matallarni ishlatib kelishadi.
Mutaxassislar esa qandli diabet bilan ogʻrigan bemorlarga uglevodlarga boy mahsulotlarni isteʼmol qilish oqibatida qon tarkibida glyukoza miqdori oshib ketishini taʼkidlab kelishadi. Uglevodlarga boy mahsulotlar nimalar? Guruch, suli, loviya, lavlagi, sabzi, grechka, non, sut mahsulotlari, goʻsht kabilardir.
Qandli diabet bilan ogʻrigan bemorlar shu sababli bunday mahsulotlardan oʻzlarini tiyadilar. Biroq, bu kabi yeguliklarni ovqat soʻnggida isteʼmol qilish qandli diabet dardiga chalinganlar uchun unchalik xavf tugʻdirmas ekan. Demak gap yana oʻz vujudingizga quloq solib toʻgʻri ovqatlashga kelib taqalyapti
Beyll Kornell tibbiyot kolleji mutaxassislari 2-turdagi qand kasalligi bilan ogʻrigan 16 nafar bemor ishtirokida tadqiqot oʻtkazishdi. Ishtirokchilar uch marta bir xil mahsulot (non, tovuq goʻshti, salat va apelsin sharbati)ni turli tartibda isteʼmol qilishdi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, uglevodlarni birinchi navbatda isteʼmol qilgan koʻngillilardan koʻra, bunday mahsulotni soʻnggi navbatda yegan kishilarning qonida glyukoza miqdori taxminan ikki barobar kam boʻlgan.
Bundan tashqari mahsulotlarni aralash isteʼmol qilgan kishilardan koʻra uglevodlarni ovqatlanish soʻnggida yegan koʻngillilar qonida qand miqdori 40 foizga kam ekanligi aniqlangan. Shuningdek, uglevodlarni ovqatlanish soʻnggida isteʼmol qilish qon tarkibida insulin miqdorini pasayishiga taʼsir etuvchi, ishtaha ochuvchi va glyukoza miqdorini tartibga solishda ishtirok etuvchi gormon ajralishiga ijobiy taʼsir koʻrsatar ekan.
Tibbiyot fanlari nomzodi Shoira Bekchanova tayyorladi.