Minhojiddin Mirzo, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi:
«Bugungi epidemiologik holat har birimizdan shaxsiy gigiyena va virusdan himoyalanish boʻyicha shifokorlar tavsiyalariga qatʼiy amal qilishni talab etmoqda. Xalqimiz azaldan oʻzaro hurmat va ehtiromini koʻrishish orqali ham ifodalab kelgan. Bugun ayrim yurtdoshlarimiz bir-birlari bilan qoʻl berib yoki quchoqlashib koʻrishish vaziyat taqozosiga koʻra mumkin emasligiga koʻpam koʻnikolmayapti. Milliy qadriyatlarimiz nihoyatda boy va rang-barangdir. Bunday holatlarda qoʻl berib koʻrishish oʻrniga ikki taraf oʻng qoʻlini koʻksiga qoʻyib, masofa saqlab salomlashishi milliy qadriyatlarimizga ham, bugungi gigiyenik talablarga ham mos boʻladi».
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati