Tomoq ogʻrigʻi kuzatilganda…

0
582
marta koʻrilgan.

Ayni kunda havo tez-tez oʻzgarib turibdi. Tinimsiz yogʻingarchilik tufayli havoda namgarchilik ham kuchaydi. Tabiat “injiqliklari” paytida shamollash, nafas yoʻli kasalliklari  koʻproq uchraydi.

Tomoq ogʻrigʻi nafas yoʻllari kasalliklarining eng koʻp uchraydigan belgisidir. Bu asosan zaif immunitet sababli organizmga virus yoki bakteriya tushishidan kelib chiqadi. Immunitetning pasayishiga esa ratsional ovqatlanmaslik, tiniqib uxlamaslik, zararli odatlar(sogʻlom turmush tarziga eʼtiborsizlik), ortiqcha charchash, gipovitaminoz va baʼzi surunkali kasalliklar qandli diabet, OIV kabilar sabab boʻladi.

Tomoq ogʻrigʻi kuchli boʻlib, yutinish va gapirish vaqtida qiyinchilik tugʻdirsa, ovoz boʻgʻilib, xiralashsa, shu bilan birgalikda harorat koʻtarilishi, yoʻtal, burun bitishi yoki oqishi, muntazam aksirish kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish lozim. Bunday holatlarda koʻproq ilik suv ichish kerak. Bolalarda ertalab suyuqlik ichish bilan oʻtib ketmasa, ularni shifokor koʻrigiga olib borish kerak.

Agar yuqoridagi qoʻshimcha belgilar kuzatilmay, faqat tomoq ogʻrigʻi bezovta qilsa, tomoqni chayish, sovuq suyuqliklar ichmaslik, organizm yaxshi kurashishi uchun immunitetni mustahkamlash zarur boʻladi.

Shoira BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.