Tovon terisini  parvarishlash

0
3168
marta koʻrilgan.

 Tovon terisi juda nozik boʻlib, uni muntazam parvarishlash lozim. Chunki u tashqi muhit taʼsiriga koʻp uchraydi.

Tovon terisining dagʻallashib, yorilib ketishiga teri qurishi, A va Ye darmondorisi yetishmasligi, qand hamda qalqonsimon bez kasalliklari, noqulay oyoq kiyim, zamburugʻli va boshqa teri kasalliklari  asosiy sabablari boʻlishi mumkin.

Agar teri vaqtida parvarish qilinmasa, tovonning yorilgan joyiga infeksiya kirib yalligʻlanishi boshlanadi. Uni uy sharoitida oʻz vaqtida parvarishlash maqsadga muvofiq.

Masalan, hammamizning uyimizda topiladigan  olma yoki tarkibida A va Ye vitamini koʻp boʻlgan sabzini qirgʻichdan chiqarib tovon terisiga qoʻyiladi. Unga zaytun yogʻi aralashtirsangiz ham boʻladi. Ustidan yumshoq tabiiy mato bilan oʻrab bir soat ushlaymiz. Soʻng yuvib tashlab, oyoq teri kremini surib qoʻyamiz.

Ikkinchi usul: Asal va zaytun yogʻini bir xil miqdorda aralashtirib, tovon terisiga suramiz. 15-20 daqiqadan keyin yuvib tashlanadi.

Uchinchi usul: Bir osh qoshiq kartoshka kraxmalini bir litr iliq suv bilan aralashtiramiz. Togʻaraga solib oyoqlarimizni ivitamiz. Yigirma daqiqadan soʻng tovonni yaxshilab chayib, dagʻal sochiq bilan ishqalab artamiz. Zaytun yogʻini surtib, paypoq kiyib olamiz.

Buni uyqidan oldin bajarmoq lozim. Huddi shu muolajani soda bilan tuzni teng miqdorda aralashtirib ham bajarish mumkin.

Agar teri juda ham yorilib qotib ketgan boʻlsa u holda maxsus tovon ishqalagichni olib, haftada ikki marta tovon terisini ivitib pilka bilan qirmoq lozim. Ketidan vazelin yoki zaytun yogʻini surib paypoq kiyib olish lozim. Qotgan teri bir martalik parvarishda ketmaydi, shuning uchun bu muolajani muntazam ravishda bajarib turish lozim. Pilkangizni ham tez-tez spirtlab tozalab turing yoki qaynating.

Teri yorilib ketishini oldini olish uchun yotishdan oldin tovon terisiga vazelin yoki tovon uchun maxsus krem surib yoting. Yoz kunida ham paxta tolasidan tayyorlangan ingichka paypoq kiyib yurishga odatlaning.

Ovqatlanishingizga ham eʼtibor bering. Vitamin A ga boy sabzini xomligicha koʻproq isteʼmol qiling yoki qirgʻichdan chiqarilgan 2 dona sabzini 1 qoshiq smetana bilan aralashtirsa, vitamin A ga boy tez tayyorlanadigan toʻyimli salat boʻladi.

Hoʻl oyoqlar bilan yurmang. Teriga suv tegsa obdon artilishi lozim, aks holda quruqlashib ketadi.

Shoira Bekchanova,  tibbiyot fanlari nomzodi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.