Tuxum tanlash va uning foydasi hamda isteʼmolning meʼyori haqida

0
5691
marta koʻrilgan.

Qorinni toʻq tutish va organizmni yetarli vitaminlar bilan toʻyintirishda tovuq hamda bedana tuxumiga teng keladigani  neʼmat yoʻq. Ayniqsa bedana tuxumi kuchli immunitet hosil qiladi. Uning tarkibida mikroelementlar va V guruh vitaminlari bisyor.

Tovuq tuxumlari  ikki xil boʻladi. Oq va jigarrang. Sababi – patlari oqish boʻlgan tovuqning tuxumi oq, jigarrang yoki olachipor tovuqning tuxum esa jigarrang boʻladi. Ikki xil rangdagi tuxumning ozuqaviy qiymati esa  bir-xil. Faqatgina ular tuxum poʻstining rangi, katta kichikligi bilan farqlanishi mumkin. Odatda yosh tovuqlar poʻsti qalin, nisbatan kichikroq tuxum qoʻyishadi. Yana tovuqning ozuqasi tuxum sarigʻining rangi va taʼmiga taʼsir etadi.

Tuxum qancha katta boʻlsa, shuncha foydali, degan fikr toʻgʻri emas. Katta tuxumlarda suv koʻproq, ozuqaviy moddalar nisbati kamroq boʻladi. Odatda qari tovuqlarning tuxumlari kattaroq boʻladi. Yosh tovuqlarning tuxumlari esa kichikroq boʻladi. Ular katta tuxumlarga nisbatan foydali, mazali va toʻyimliroq hisoblanadi.

Tuxumni har kim oʻz taʼbiga koʻra suvda qaynatib yoki yogʻda qovurib isteʼmol qiladi. Ikkisi ham foydali. Faqat tuxum qancha koʻp pishirilsa tarkibidagi foydali mikroelement ham yoʻqolib boraveradi. Nonushtada ham sarigʻi yumshoq pishirilgan tuxumni isteʼmol qilgan maʼqul. Bolalar va qariyalarning oshqozoni qattiq pishirilgan tuxum sarigʻini hazm qilishga qilishi qiyin kechadi.

Tuxumni chaqmay turib, uning yangi yoki eskiligini aniqlashni istaysizmi? Tuxumni bir stakan sovuq suvga solgach, tuxum choʻksa, yangi hisoblanadi. U suv yuzasiga qalqib chiqsa eski boʻladi.         

Tovuq tuxumi foydali moddalarga boy boʻlsada, muntazam isʼtemol qilish tavsiya etilmaydi. U yuqori allergen mahsulotlar sirasiga kiradi. Ayniqsa, xom tuxum qaynatilgan va qovurilganiga qaraganda kuchliroq allergen sanaladi. Shuningdek, qon tarkibini tekshirganda xolesterini miqdordan koʻp boʻlsa, ushbu neʼmatni yeyish mumkin emas. Tuxum  qand kasalligi, oshqozonida, jigar va oʻt qopida muammosi boʻlgan kishilarga ham tavsiya etilmaydi.  Tibbiyot olimlari sogʻlom kishiga haftasiga ikki-uchta tuxum isteʼmol qilishi  mumkinligini taʼkidlashadi.

Shuningdek, bir yoshga toʻlmagan goʻdaklarga butun bir tuxumni berish mumkin emas. Yosh bolaga tuxum sarigʻining toʻrtdan bir qismi kifoya. Tuxum oqini esa bir yoshga toʻlmagan goʻdakka yedirish qatʼiyan man etiladi.

Shoira BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali vrach

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.