Tuxumning shifobaxshligi uni tanlash va toʻgʻri pishirishdan boshlanadi

0
632
marta koʻrilgan.

Tuxum dorivor neʼmatlardan biri boʻlib, faqat uni bilib ishlatish kerak. Shundagina uning shifobaxshligi ortadi. Allergiya chaqirmaydi. Bu esa  avvalo tuxum tanlash va uni toʻgʻri pishirishdan boshlanadi.

Tuxum tanlash va uni toʻgʻri pishirish. Agar tuxum 5 daqiqadan ortiq qaynatilsa yoki 10 kundan ortiq saqlangan boʻlsa, zararli hisoblanadi. Shuning uchun muzlatgichda oylab turib qolgan tuxumlar allergendir.

Tuxum tanlash. Uning yangiligini bilish uchun tuzli suvga solish kerak. Agar tuxum yangi boʻlsa, u suv tagiga choʻkadi. Agar u suvda tikka tursa – oʻrtacha tuxum, suv yuziga qalqib chiqsa – aynigan tuxum boʻladi.

Yangi tuxumning oqi shaffof, sarigʻi esa toʻq rangli boʻlib, tovaga tashlayotganingizda yoyilib ketmasligi, elastik xolatda boʻlishi kerak. Eskirgan tuxumning havo boʻshligʻi kattalashgan boʻlib, ichi buziladi va bunday tuxum silkitilganda oʻziga hos ovoz chiqaradi. Yana qaynatgandan keyin archayotganda eʼtibor bersangiz yangi tuxumda hid boʻlmaydi.

Tuxum isteʼmol qilayotganda ushbu xususiyatlarni  eʼtiborga oling. Shundagina u allergiya chaqirmaydi. Tuxum bilan davolanayotganda esa bu xusisiyatlariga alohida ahamiyat berish kerak. Zero bemor boʻlmaslikning eng yaxshi chorasi –  kasallikning oldini olishdir!

Tuxum bilan davolanish. Yarim pishgan tuxumni zigʻir urugʻi talqoni bilan isteʼmol qilinsa, bronxial astmaga foyda qiladi. Tuxum sarigʻini yarim qovurib yeyilsa, yurak, miya va badanga quvvat bagʻishlaydi.

Tuxum poʻchogʻi ham shifo. Buning uchun tuxumning usti spirtli steril paxta bilan yaxshilab artiladi. Undan keyin malham tayyorlanadi.

 Tuxumning poʻchogʻini yanchib, 7 grammdan isteʼmol qilinsa, badandagi bodni yoʻqotishga yordam beradi.  Yanchilgan tuxum poʻchogʻiga asal aralashtirib, sirka bilan xamir qilib surilsa, shishlarning yoʻqolishini tezlashtiradi.  Tuxum poʻchogʻi talqoni suyaklar singanida kuniga 3 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin bir tabletka miqdorida kapalansa, ogʻriqlar qoladi va singan joylar bitib ketishi jadallashadi.

Raʼno Zaripova tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.