Uchuq shamolash asoratimi?

0
1720
marta koʻrilgan.

Lab atroflarining yengil achishishi, qichishishi va shishibroq turishi uchuqdan darakdir. Odatda, bunday belgilar bir necha soatdan sutkaga qadar davom etishi mumkin. Agar toshma alomatlari sezilgan zahoti davolash choralari koʻrilsa, labdagi yalligʻlanishning oldini olish mumkin. Aks holda esa lab terisi asta shishib, yalligʻlangan soha atrofida pufakchalar paydo boʻladi.

Xorazmliklar uchuq toshganda bemor uchinibdi deyishadi. Yaʼni ovqatdan yengil zaharlanibdi degani. Aslida ham bu organizmga tushgan virus sabablidir.

Organizmdagi kasallik virusi immunitet himoyasi sustlashi bilan darhol faollashib, koʻpaya boshlaydi. Shu tariqa virusning “uygʻonishi” lab yoki tananing boshqa aʼzolarida toshma toshishi bilan nomoyon boʻladi. Koʻrib turganingizdek, asosiy omil immunitet boʻlayapti. Shamollash esa organizmning himoya tizimini zaiflashtiradi, natijada toshmalar toshadi..

Immun tizimni tabiiy yoʻl bilan kuchaytirishning asosiy usullaridan biri toʻgʻri ovqatlanish, ayni kunda yoz neʼmatlari boʻlmish meva- chevalarni koʻp va soz isʼtemol qilishdir. Shu bilan birga har kun ertalab badan tarbiyani kanda qilmang.  Oʻzingizga eʼtibor bering, oʻzingizni seving! Muntazam ochiq havoda, tabiat qoʻynida boʻlishni odat qiling.

 Shoira Bekchanova,

tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali vrach

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.