Uy taomlari diabet xavfini kamaytiradi

0
132
views

Harvard universiteti olimlari uyda tayyorlangan ovqatlarni isteʼmol qiluvchi insonlarda fastfud va yarim tayyor mahsulotlarni yeydiganlarga nisbatan qandli diabet kasalligining ikkinchi toifasiga chalinish xavfi kamroq kuzatiladi, degan xulosaga kelishdi.

Tadqiqot koʻngillilarning oziqlanish odati boʻyicha maʼlumotlarga asoslandi. Maʼlum boʻlishicha, 5-7 hafta davomida uyda taom isteʼmol qilgan tadqiqot ishtirokchilarida diabetning ikkinchi turiga chalinish 15 foizga kamaygan.

Buni quyidagicha tushunish mumkin: uydan tashqarida ovqatlanishga moyil insonlar yuqori energetik qiymatli mahsulotlarni va turli xil neʼmatlarni aralashtirib   isteʼmol qilishadi. Bu esa diabetning ikkinchi turi paydo boʻlish xavfini oshirib, ortiqcha vazn yigʻilishiga sabab boʻladi.

Uyda oʻz qoʻlingiz bilan  tayyorlab, yaqinlaringizga mehringizni  ulashib  isʼtemol qilganga ne yetsin!

Tibbiyot fanlari nomzodi Shoira Bekchanova tayyorladi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here