Uzum

0
1456
marta koʻrilgan.

Uzumning shifobaxsh xossalari qadimdan maʼlum. Bugungi kunda barcha uzum navlarining  kimyoviy tarkibi chuqur tekshirilgan. Inson organizmi shifobaxsh  uzumni oson  oʻzlashtiradi.

Uning tarkibida 15 foyiz glyukoza, fruktoza mavjud. Uzumning toʻq tutishi sababi ham ana shunda. Bir kg uzum 700 kaloriyagacha issiqlik beradi.U tana aʼzolarining faoliyatini yaxshilaydigan shifobaxsh neʼmatdir. Shuning uchun ham bobolarimiz ertalab non bilan uzui isʼtemol qilishgan va boshqa narsani aralashtirishmagan. Shuningdek, uzumda odam uchun foydali boshqa moddalar bor. Masalan, organik kislotalar (olma, limon kislotalari) turli mineral moddalar (kaliy, kalsiy, temir, fosfor) va xushboʻy moddalar bor.

Uzum sil kasalligining dastlabki davrida, meʼda, jigar va buyrakning baʼzi kasalliklarida, surunkali ich qotishda, kamqonlikda muvaffaqiyat bilan ishlatiladi. Uzumdagi organik kislotalar tishni yemirishi mumkin. Shuning uchun uzum yegandan keyin tishni tozalashni yoki ogʻizni chayishni unutmaslik kerak. Uzumni yaxshilab yuvib yeyish, urugʻini ajratib tashlash tavsiya etiladi.Biroq, fransuz olimlarining aniqlashishicha, uzum urugʻida xolestirini yoʻqotadigan moddalar mavjud ekan. Ular farmatsevtikada bu usuldan foydalanishayapti.

Shuningdek, qandli diabetga duchor boʻlganlar va semiz odamlar uzum yoyishlari mumkin emas. Uzum ularning holatlarini yomonlashishiga sabab boʻladi.

Uzum mayizi juda ham foydali. Hatto, birinchi jahon urushi yillarida mayiz askarlarga dori vositasi sifatida berilganligini tarix tasdiqlaydi. Mayizning yuz grammi 200 kaloriyagacha issiqlik beradi.

Shu bilan birga xalqimiz undan manzarali oʻsimlik sifatida foydalanadi, hovli va bogʻlarni bezaydi. Soʻrilarga soyabon sifatida ishlatiladi. Uni koʻpaytirish ham oson, qalamcha qilib ekiladi.

Fazilat Saʼdullayeva, 1-Respublika tibbiyot kolleji katta  oʻqituvchisi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.