Vaksinatsiyaning ilk haftasidagi eng yuqori natija

0
138
marta koʻrilgan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimining xabariga koʻra 7 aprel kuni Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan jami 15250 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu vaksinatsiyaning ilk haftasidagi eng yuqori natija boʻldi.

Shu tariqa ayni kungacha koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 64 852 nafarga yetdi.

 7 aprel kunidagi emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni: Namangan viloyati (2521 nafar), Samarqand viloyati (1732 nafar), Toshkent viloyati (1539 nafar), Andijon viloyati (1529 nafar), Toshkent shahri (1394 nafar), Qashqadaryo viloyati (1381 nafar), Jizzax viloyati (1061 nafar), Qoraqalpogʻiston Respublikasi (1030 nafar) band qildi.

Yana bir eʼtiborli jihati shuki, poytaxtimizda koronavirusga qarshi emlangan aholi hududlar orasida birinchi boʻlib 10 ming nafardan oshdi.

Emlash jarayonlari davom etadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.