Vujudingiz qaysi darmondoriga muhtojligini bilishni xohlaysizmi?

0
931
marta koʻrilgan.

Olimlar tadqiqotiga koʻra inson toʻlaqonli va sogʻlom hayot kechirishi uchun uning vujudi S, R, V1, V2, V6, V12, RR, A, D, Ye darmondorilarga hamda kaliy, kalsiy, natriy, fosfor, temir va boshqa minerallarga doimiy ehtiyoj sezadi.

Masalan, odam vujudida S darmondorisi (askorbin kislotasi) yetishmay qolsa, uning aqliy va jismoniy qobiliyati pasayib ketadi. Shuningdek, meʼda-ichak faoliyati buziladi. U tez-tez gripp va OʻRVI (oʻtkir respirator virusli infeksiya)larga moyil boʻlib qoladi. Bunga yoʻl qoʻymaslik uchun kishi S darmondorisiga boy tuzlangan karam, petrushka, ismaloq, qulupnay, naʼmatak, limon, pomidor, apelsin, malina, sabzi kabi meva va sazavotlarni isteʼmol qilishi kerak.

Organizmda V1 hamda V2 darmondorilariga tanqislik sezilganida ishtaha yoʻqoladi. Odamning ichi qotadi, uning yurak urishi sekinlashadi. Koʻzi xiralashib, sochi toʻkila boshlaydi, asab tizimi faoliyati buziladi. Inson lanj, loqayd boʻlib, ozib keta boshlaydi. V1 darmondorisini goʻsht, jigar, qora non, kepakli non, dukkakli donlar (noʻxat, mosh, loviya kabilar)da va barcha turdagi sabzavot, bodom, turshak va yongʻoqda mavjud. V2 darmondorisi koʻproq sut mahsulotlarida, tuxum, dukkakli ekinlar, turli sabzavotlar va yongʻoqda boʻladi.

Tanada V6 vitamini yetishmay qolsa tugʻilajak bola nimjon va kasalmand boʻlib qoladi. Odamda moddalar almashinuvi buziladi. Uning asab tizimiga zarar yetadi. Bu darmondori esa koʻproq baliq, sut, jigar, xamirturush va oʻsimliklarda boʻladi.

A darmondorisi esa yosh bolalarning yaxshi oʻsishiga, koʻzning koʻrish qobiliyatini kuchaytirishga, moddalar almashinuvining bir meʼyorda boʻlishiga yordam beradi. Bu darmondori goʻsht, baliq, sut, sariyogʻ, tuxum, sabzi, pomidor, koʻk noʻxat va koʻkatlar tarkibida uchraydi.

D darmondorisining yetishmasligi yosh bolalarda ayniqsa suyaklarning yaxshi rivojlanmasligiga olib keladi.Uning davosi  esa tabiatning oʻzida. Quyosh qattiq qizdirmaydigan paytlarda yaʼni ertalab va kechqurunlari ochiq havoda sayr qilish maqsadga muvofiq. Shuningdek, baliq yogʻi ham bu vitaminga boy.

PP vitaminlari esa  erqalampirning barra barglarida moʻl. Ushbu dorivor neʼmatning  tarkibida kaliy, kalsiy, natriy, fosfor, temir va boshqa minerallar ham mavjud. 

Shoira  BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.