🔸 1. Iliq koʻk choy asal bilan ichilganda miyaga quvvat va salomatlik bagʻishlaydi. Shuningdek, Koʻk choy buyrakni yuvadi, undagi yalligʻlanishni davolaydi.
🔸2. Tishlaringizni toza tuting. Iloji boricha moychechak damlamasi bilan tez-tez gʻargʻara qilib turing.
🔸3. Yotishdan oldin sabzi, olma, asal kabi neʼmatlarni isteʼmol qilish sogʻliqqa foyda. Toʻyib ovqatlanish mumkin emas.
🔸4. Suvni uzoq qaynatish yoki qaynatilgan suvni yana qaynatib choy damlash juda zararli.
🔸5. Jigar xastaligini behi suvi davolaydi. Behi sharbatini kuniga 1-2 kosa ichish tavsiya etiladi.
🔸6. Har qanday kasallikni davolash oshqozonni qatiq zardobi bilan yuvishdan boshlanadi.
🔸7. Oyogʻingiz doim toza, quruq, issiq boʻlsin.
🔸8. Bolalar oʻyini beshtosh kichkintoylarning qoʻl suyak- mushaklarini mustahkamlaydi. Epchillikka oʻrgatadi.
Dilbar Bekchanova