Xandon pistaning shifobaxsh xususiyatlari va isteʼmol meʼyori

0
7891
marta koʻrilgan.

Xandon pista mazali, xushtaʼm va tansiq neʼmat hisoblanadi. Shu bilan birga togʻli hududlarda va lalmi yerlarda oʻsishi bilan ham shifobaxshligi ortadi.

Mamlakatimiz Prezidentining “Yongʻoq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorida ham lalmi yerlardan foydalanishni ragʻbatlantirish va samaradorligini yanada oshirish, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh boʻlgan yongʻoq, pista, sitrus mevalar ishlab chiqarish hajmini yanada koʻpaytirish va intensiv texnologiyalarni keng joriy etish borasidagi vazifalar belgilab berilgan.

Dasturxonlarimizning koʻrki xandon pistaning tarkibida 40-60 foiz yogʻ, 15-20 foiz oqsil, 3-4 foiz qand, mikro va makro elementlar, temir, mis, marganets, fosfor, yod, kalsiy, ruh (sink), uglevodlar, mineral tuzlar, hid beruvchi modda, dubil, karatin, A, D.Ye, S, V, RR va boshqa darmondorilar mavjud.

Yongʻoqlar kuchli allergiya qoʻzgʻatuvchi mahsulot boʻlgani uchun uni isteʼmol qilishda meʼyorga rioya qilish lozim. «Dori» sifatida isteʼmol qilinganida kuniga 10-15 donasi yaʼni 30 gramm kifoya. Xandon pista qon tarkibi va jigar faoliyatini yaxshilaydi hamda yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishini oldini oladi. Ularni har kuni isteʼmol qilish oʻpka va boshqa organlar saratoni xavfini kamaytirishga yordam beradi, immunitetni oshiradi, xotirani mustahkamlaydi.

Xandon pista va barcha  yongʻoqlar barglarida efir moyi moʻl. Shuning uchun issiq paytda pista va yongʻoq daraxtining tagida koʻp oʻtirmaslik kerak. Aks holda sogʻligingizga zarar yetkazadi.

Shoira BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali vrach

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.