Yapon va Xitoy qoʻziqorinlari saraton kasalligining oldini oladi

0
536
marta koʻrilgan.

Qoʻziqorinlar oʻziga xos taʼmi va ifori bilan boshqa mahsulotlardan ajralib turadi. Parhezshunoslar uni “oʻrmon goʻshti” ham deyishadi, chunki u haqiqatdan ham juda tez ochlik hissini yoʻqotadi. Xalq tabobatida qoʻziqorin bir qancha kasalliklarni davolashda qoʻllaniladi. Lekin bolalarga qoʻziqorinlarni berishda ehtiyotkor boʻlgan afzal.

Qoʻziqorinning foydali tomonlaridan biri uning oqsillarga boyligidir.Bu modda qoʻziqorinda tuxum va goʻsht tarkibidagidan 2-3 barobar koʻpdir. Fosfor va kalsiy esa xuddi baliqdagidek koʻp  miqdorda. Unda 18 tur aminokislotalar boʻlib, ular aqliy faollik bagʻishlaydi, xotiraga yaxshi taʼsir qilib, ateroskeloroz rivojlanishining oldini oladi.
V guruhidagi V1,V2,V6 vitaminlar asab tizimining meʼyoriy ishlashiga yordam berib, soch, tirnoq, terining holatini yaxshilaydi.
Mikroyelementlar-mis,yod, marganets, ruh, fosfor, kaliy modda almashinuv jarayonini meʼyorlashtirib, yurak-qon tomir kasalliklari bilan ogʻrish xavfini kamaytiradi, virusli infeksiyalarga toʻsqinlik qiladi.

V-glyukanlar immun tizimiga yaxshi taʼsir qiladi, yana bu neʼmat saratonga qarshi faolligi bilan ham mashhur.

Ayni damda u past kaloriyali mahsulot boʻlib, ozgina yesangiz, darrov toʻyib qolasiz. Parhezshunoslar qoʻziqorinning bu jihatidan foydalanib, uni taomlarga qoʻshishadi. Yaponiya va xitoylik mohir oshpazlar esa undan ajoyib taomlar va salatlar tayyorlashadi.

Ayniqsa, Yaponiya va Xitoyda oʻsuvchi mamtake, shiitake va re-se nomli qoʻziqorinlar tarkibida oʻta kuchli immun tizimini mustahkamlovchi beta-glyukan nomli polisaxaridlar mavjud. Boshqa joylarda oʻsuvchi oddiy qoʻziqorinlarda bu moddalar kam  uchraydi, baʼzilarining tarkibida esa umuman yoʻq.. Shu sababli  Sharqning tabiiy va tansiq bu neʼmatlarini quritilgan holda sotiladigan Yapon yoki Xitoy restoranlari, supermarketlar yoki bozorlardan topib qoʻziqorinlar solinadigan turli taomlarga solib isteʼmol qilish maqsadga muvofiq.

Gulchehra ShIRINOVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.