Yongʻoqlarning foydali xususiyatlari

0
1020
marta koʻrilgan.

Yongʻoqlarning turi juda koʻp boʻlib, bodom, pista, oʻrmon yongʻoqi kabilarning bari foydali darmondorilarga boydir. Ularda vitaminlar, minerallar, shuningdek  xolesterin darajasini pasaytirishga imkon beruvchi  yogʻlar mavjud. Koʻplab klinik sinovlar davomida yongʻoqlarning taomlarga qoʻshilishi organizmga ijobiy taʼsirini, moddalar almashinuvini normallashtirishi va immunitetni oshirishi isbotlangan. 

Shunday boʻlsa-da, ularni organizmga keragidan ortiqcha yeyish maqsadga muvofiq emas. Yongʻoqning har bir turi faqatgina meʼyorida isteʼmol qilinganida, oʻziga xos ozuqaviy va shifobaxsh xususiyatlarga ega boʻladi. 

Yongʻoqlar B2, B12, A, D C, E, K vitaminlarga va koʻplab boshqa moddalarga boy. Bunday yongʻoqlarda ayniqsa alfa-linol kislotasi koʻp boʻladi. 

Yongʻoq tarkibidagi vitaminlar qanday xususiyatlarga ega?

Vitamin V2 hujayralar yangilanishi va mushaklarning meʼyorda ishlashini taʼminlash bilan birga  tana vazni, mustahkam immunitet, sogʻlom xotira va shuningdek, ichaklar tizimi sogʻlom boʻlishini taʼminlaydi.

Ye vitamini organizm yoshligini saqlashni, reproduktiv (nasl qoldirish) tizim faoliyatini, kayfiyatning yaxshi boʻlishini, tashqi salbiy taʼsirlardan himoya qilinishini taʼminlaydi.

A vitamini terining koʻrkamligi va yoshligini, soch goʻzalligini, tirnoqlar salomatligini, koʻrish quvvatining kuchliligini, suyaklar baquvvatligini,   reproduktiv (nasl qoldirish) tizim faoliyatini, yaxshi kayfiyat va tashqi taʼsirlardan himoyalanishni taʼminlaydi.

D vitamini umumiy salomatlik va suyaklar mustahkamligini, qonning meʼyorda ivuvchanligini, shamollashdan himoyalanishni, zaharli moddalarning organizmdan chiqib ketishini, yaxshi kayfiyatni, yurak qon tomirlar salomatligini  taʼminlaydi. 

K vitamini jarohatlarning tez bitishini, qon sifati va uning ivuvchanligining  meʼyorda boʻlishini taʼminlaydi. 

Shoira BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali vrach

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.