Yongʻoqning shifobaxsh xususiyatlari

0
5683
marta koʻrilgan.

Yongʻoqning magʻzi bilan birga  poʻstlogʻi hamda bargi ham inson organizmi uchun foydalidir.

Uning poʻstlogʻi tarkibida oshlovchi modda, boʻyoq va boshqa moddalar, bargida S, R va V1 vitaminlari, karotin, flavonoidlar, gidroyuglon, efir moyi, xom mevasi poʻstlogʻida koʻp miqdorda S darmondorisi, magʻzida esa karotin va yogʻ bor.

Bargidan siqib olingan shirasi temiratki va boshqa teri kasalliklariga qarshi davo sifatida qoʻllaniladi. Shuningdek, bargidan tayyorlangan damlama bolalardagi raxit va diabet kasalliklarini davolashda, gijja haydovchi vosita sifatida, angina(bodomcha bezlarining yalligʻlanishi) va gingivit(milk shilliq qavatining yalligʻlanishi) kasalligida, ogʻiz va tomoqni chayish uchun qoʻllaniladi. Xom mevasi gijjaga qarshi isteʼmol qilinadi. Qolaversa, undan tayyorlangan murabbo qalqonsimon bez xastaligi(boʻqoq)ni davolashda foydali hisoblanadi. Chunki, uning tarkibida koʻp miqdorda yod moddasi mavjud.

Yongʻoq magʻzi qorin ogʻrigʻi va koʻngil aynishini qoldiradi. Tarkibida 50 foiz yogʻ boʻlib, u qand kasalligiga qarshi ishlatiladigan samarali dori vositalaridan biridir. Mevasining magʻzi ovqatning yaxshi hazm boʻlishiga ham yordam beradi. Yoshlik quvvatini oshiradi, meʼda faoliyatini yaxshilaydi.  Agar u anjir bilan qoʻshib yeyilsa, asab va xotirani mustahkamlaydi.

Tarkibidagi mis moddasi ayollarning homiladorlik va koʻzi yorigandan keyingi davrda tanasining terisi asl holida qolishiga yordam beradi. Uzoq turib qolib, taʼmi buzilgan yogʻga yongʻoq magʻzi solib dogʻlansa, uning taxirligi yoʻqoladi.

Agar uning poʻchogʻini tolqonday tuyib, suvli yaralar ustiga sepsangiz, jarohatning tezroq tuzalishiga yordam beradi. Tomirining poʻstidan 4-8 gr. olib, qaynatib, ovqatdan soʻng ichsangiz, meʼdadagi yomon xiltlar tashqariga chiqib, qorin ogʻrigʻiga shifo boʻladi.

Ozarbayjondik ayollar xom yongʻoqdan murabbolar tayyorlashadi. Uni kuch- quvvat manbai deb hisoblashadi.

Yongʻoq magʻzida S darmondorisi moʻl boʻlgani uchun ikki yoshdan boshlab bolalarga maydalab berilsa, shamollashning oldini oladi.

 Homilador ayollar ham sutkasiga 2ta magʻizdan yeb tursa homilaning rivojlanishiga yaxshi taʼsir qiladi.

Emizikli ayollar ham isteʼmol qilsa ona suti yogʻli va mikroelementlarga boy boʻladi.

 Biroq, 2ta dan ortiq istemol qilish kerak emas. Chunki baʼzilarga allergiya berishi mumkin. Unday holatlarda  tilga hamda  loʻnjlarga toshmalar toshadi. Shuning uchun meyorida  isteʼmol qilish maqsadga muvofiqdir.

 

Fazilat SAʼDULLAYEVA,

1-Respublika tibbiyot kolleji katta oʻqituvchisi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.