Yosh bolalarda burun qonashining sabablari

0
29566
marta koʻrilgan.

Bolalarda burun qonashi qon ketishi bilan kechuvchi kasalliklar ichida birinchi oʻrinda turadi. Ayniqsa, yozning issiq kunlarida yosh bolalarda tez-tez uchraydigan salbiy holatlardan biri boʻlib, bu holat har bir ota – onani xavotirga soladi. Uning sabablari turlicha boʻlishi tufayli eʼtiborni mohiyatga qaratish kerak.

 Uning koʻp uchraydigan turi — burun toʻsigʻi old qismidagi tomir chigali juda yuza joylashganligi burunni tez qonashiga olib keladi. Bolalarda burundan qon ketishining 90 foiziga ushbu sabab tufaylidir.

Xona namligining haddan ziyod kamayib ketishi yoki jaziramada shilliq qavat va undagi tomirlar devorining qurishi natijasida ham burun toʻsatdan qonashi mumkin.

Burun ichining shikastlanishi, bola burnini yengilgina kavlaganida ham shilliq qavat jarohatlanishi mumkin. Bu holat ham sabab boʻladi.

Burun ichiga yot jism tushishi natijasida ham bolalarning burnidan qon ketadi. Odatda bunday holatda burundan qon ajralma aralash keladi. Bir necha kun yot jism ushbu aʼzo ichida qolib ketsa bolaning nafas olishi qiyinlashib, undan badboʻy hid keladi.

Yana xavfli yoki xavfsiz oʻsma kasalliklarining burun ichida rivojlanishi ham burundan qon ketishiga sabab boʻladi.

Shuningdek, bola organizmidagi qon tomir kasalliklari, qon yaratish aʼzolari kasalliklari, jigar, buyrak hamda vitaminlar tanqisligi natijasida ham ushbu  holat kuzatiladi.

Shuning uchun bolalarni yozning jaziramasida haddan tashqari qizib ketishidan asrang.

Shoira BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.