YOʻTAL TUTGANDA ENG YAXShI VOSITA

0
1016
marta koʻrilgan.

Koʻka — xalq tilida oqqaldirmoq deb nomlanuvchi koʻp yillik ushbu oʻsimlikning boʻyi 25 santimetrgacha yetadi. Mevasi yetilgandan soʻng poyasi quriydi. Aprel — may oylarida gullaydi, mevasi may — iyunda pishadi. Oʻsimlikning bargi va guli yigʻiladi.

Oʻsimlik Toshkent, Jizzax, Samarqand, Fargʻona, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining togʻli hududlarida ariq va jilgʻa boʻylarida, jarliklar, gʻorlar va kichik nam oʻtloqlarda oʻsadi.

Gullash oldida gul savatchasi bilan bandsiz qilib qirqib, yozda esa barg bandining yarmidan uzib olinadi. Yigʻilgan gul va barglari salqin yerda quritiladi.

Fanda oʻsimlik tarkibida achchiq glikozidlar, saponinlar,  karotin, vitamin S, organik kislotalar, efir moyi, shilliq, oshlovchi va boshqa moddalar borligi aniqlangan.

Xalq tabobatida koʻka oʻsimligining bargi turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Xususan, koʻkrak ogʻrigʻi, nafas olish qiyinlashganda, nafas yoʻllari yalligʻlanganda bemorlarga dori sifatida buyurilgan. Quritilmagan barg shirasi esa bezgak va oʻpka sili kasalliklarida foydali. Ezilgani yara va chipqonlarga bogʻlangan.

Tibbiyotda koʻka oʻsimligidan tayyorlangan damlama yumshatuvchi va balgʻam koʻchiruvchi (yoʻtalda, yuqori nafas yoʻllari yaligʻlanganda) dori sifatida ishlatiladi.

Fazilat SAʼDULLAYEVA, farmatsevt

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.