Yoʻtalning sababi turlicha boʻlishi mumkin

0
512
marta koʻrilgan.

Vaqti-vaqti bilan xurujsimon yoʻtal sizni bezovta qilsa allergelog – shifokor qabuliga yoziling. Yana yoʻtalning sababi virusli va bakteriyali infeksiyalar ham boʻlishi mumkin.

Shuningdek, oʻpka kasalliklari, bronxit, sil, oʻsma xastaliklarida hamda yurak nuqsoni(yurak astmasi)da qon aylanish buzilganida ham kishini yoʻtal tutadi.

Kashandalar va passiv chekuvchilar(kashandalarning yonida zaharli tutun yutishga majbur boʻlgan odamlar)ni ham yoʻtal bezovta qiladi.

Umuman olganda sizni nima sababdan yoʻtal tutishini vrach-pulmonolog(oʻpka kasalliklari boʻyicha mutaxassis) rentgen tasvirini koʻrib, allergolog esa organizmingiz qanday allergenlarga qarshi reaksiya koʻrsatayotganini maxsus tekshirishlar orqali aniqlaydi. Zarur boʻlsa kompyuter tomografiyasi tekshiruvi ham bemorga tavsiya etiladi. Qon va peshobning laborator tahlillari va zarur qoʻshimcha tekshirishlar natijasida bemorga davo muolajalari mutaxassis tomonidan buyuriladi.

Gulchehra ShIRINOVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.