Yurakka quvvat ona yurt neʼmatlari

0
157
marta koʻrilgan.

Reza mevalar va koʻkatlar. Reza mevalarda yurak uchun juda ham muxim boʻlgan koʻplab xom ashyolar — flavanoidlar va ularning polimerlari mavjud. Olimlarning tadqiqotlariga koʻra, xar kuni reza mevalarni va koʻkatlarni isteʼmol qilish, yurak xastaligi natijasida sodir boʻladigan oʻlimlar miqdorini 60 foyizga qisqartiradi. Chernika, smorodina (koragʻat mevasi), uzum, olma, malina(xoʻjagʻat), koʻk piyoz, brokolli (gul karam) kabi mahsulotlarda yuqoridagi moddalar mavjud.

Anor. Yurakka eng zoʻr quvvat bagʻishlovchi neʼmatdir. Anorni oʻzini yeyish ham mumkin yoki undan qilingan sharbatni ichish yanada samaralidir. U qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi, qon aylanishini yaxshilaydi va bundan tashqari qon tomirlari devorchalari mustahkamlaydi.

Oshqovok. Kundalik xayotimizdagi ushbu mahsulotda beta-karatin moddasi, S darmondorisi va koʻp miqdorda kaliy bor. Yuqoridagi foydali moddalar toʻplami yurak tomirlari tiqilishidan kelib chiqadigan ateroskleroz dardi oldini oladi. Shu bilan birgalikda oshqovoq yuqori qon bosimini pasaytiradi.

Sarimsok piyoz. Bu mahsulot gipertoniyani yengish uchun eng yaxshi neʼmatdir. U vodorod sulfidi va azot oksidiga ega. Kuniga sarimsok piyozning 2 boʻlagini yeyish tavsiya etiladi. Yoqimsiz hid paydo boʻlmasligi uchun uni mayda-mayda boʻlaklarga boʻlib, chaynamay yutish kerak,

Tibbiyot fanlari nomzodi Shoira BEKCHANOVA tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.