15 may – Xalqaro oila kuni!

0
133
marta koʻrilgan.

UYDAGI TASHKILOTLAR aslida esa ular  ilohiy rishtalar:

OTA:  Umrining oxirigacha mutlaq prezident.  Tashqi ishlar vaziri. Bojxona qoʻmitasi raisi (Uyga kirib keladigan mahsulotlarning halolligini tekshiradi).  Pul fabrikasi.

ONA:  Advokat (ota urushganda doim tarafingizni oladi).  Portal (hamma dardlaringizni tinglab, otangizga yetkazib, muammolaringizni hal qilib beradi).  Buxgalter (kirim-chiqimni, oilada pul aylanishini nazorat qiladi).

OPA:  Sotti (onaning oʻng qoʻli).  Oʻrinbosar (ona uyda boʻlmaganda oʻzidan xoʻjayin yasab oladigan, hali tajribasi yoʻq boshliq).

SINGIL:  Oʻrtadagi odam (ham sandondan, ham bolgʻadan tayoq yeydi).  Razvedkachi (opaning sirlarini onaga yetkazib turadi).

 AKA:  Kvartirant (uyga ishdan charchab, faqat uxlashga keladi).  Qoʻriqchi (uydagi opa-singillarini himoya qilib yuradi).

 UKA:  Oligarx (aytgani aytgan, degani degan).  Uyda otaga ham soʻzi oʻtadigan, tashqi va ichki kuchlarga ega.

«Barchangizni oilangizga baxt, mustahkam sogʻliq, qut-baraka tilaymiz!» deya hazlona fikrini xulosalaydi OPER_UZ kanali. Biz esa ularni aslida ilohiy rishtalar, deymiz. Ularni asrang deya ezgu — tilaklar bildiramiz.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.