Prezident farmoniga koʻra yangi yil bayramida oʻzbekistonliklar ketma-ket 5 kun dam olishadi

0
136
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Prezidentining joriy yilning 20  dekabrdagi PF–35-sonli farmoniga koʻra yangi yil bayramida oʻzbekistonliklar  ish haftasining davomiyligidan qatʼi nazar barcha xodimlar ketma-ket 5 kun yaʼni 31 dekabrdan 4 yanvarga qadar dam olishadi.

Demak, barcha xodimlarga quyidagi sanalar dam olish kuni hisoblanadi:

 31 dekabr — juma ish haftasidan qatʼi nazar qoʻshimcha dam olish kuni (asos: PF-6122-son, 03.12.2020 y.);

1 yanvar — shanba Yangi yil bayrami, yaʼni ishlanmaydigan kun;

 2 yanvar — yakshanba barcha uchun dam olish kuni;

 3 yanvar — dushanba ish haftasidan qatʼi nazar qoʻshimcha dam olish kuni (asos: PF–35-son, 20.12.2021 y.);

4 yanvar — seshanba haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 8 yanvar — shanba kunidan koʻchirilgan dam olish kuni (asos: PF–35-son, 20.12.2021 y.).

Izoh: 8 yanvar — shanba kuni 5 kunliklar uchun ham, 6 kunliklar uchun ham ish kuni boʻladi.

gujum.uz

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.