Oʻzbekiston Prezidentining joriy yilning 20 dekabrdagi PF–35-sonli farmoniga koʻra yangi yil bayramida oʻzbekistonliklar ish haftasining davomiyligidan qatʼi nazar barcha xodimlar ketma-ket 5 kun yaʼni 31 dekabrdan 4 yanvarga qadar dam olishadi.
Demak, barcha xodimlarga quyidagi sanalar dam olish kuni hisoblanadi:
31 dekabr — juma ish haftasidan qatʼi nazar qoʻshimcha dam olish kuni (asos: PF-6122-son, 03.12.2020 y.);
1 yanvar — shanba Yangi yil bayrami, yaʼni ishlanmaydigan kun;
2 yanvar — yakshanba barcha uchun dam olish kuni;
3 yanvar — dushanba ish haftasidan qatʼi nazar qoʻshimcha dam olish kuni (asos: PF–35-son, 20.12.2021 y.);
4 yanvar — seshanba haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 8 yanvar — shanba kunidan koʻchirilgan dam olish kuni (asos: PF–35-son, 20.12.2021 y.).
Izoh: 8 yanvar — shanba kuni 5 kunliklar uchun ham, 6 kunliklar uchun ham ish kuni boʻladi.
gujum.uz