AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Botir Qurbonov ishtirokida boʻlib oʻtgan brifingda muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi.
SAVOL: Karantinni uyda oʻtkazayotgan fuqoralar davolanishi uchun ham tibbiyot xodimi biriktiriladimi?
Javob: Kasallik tasdiqlangan bemorlar bilan muloqotda boʻlgan va uy karantiniga olingan fuqarolar yashash manzillari boʻyicha karantin davri yakuniga qadar tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy kuzatuvga olinadi.
SAVOL: Karantin choralari yumshatilishi bois bir qator savdo markazlari, transport vositalari harakatlanishiga ruxsat berildi, lekin nega masjidlar ochilmayapti? Virus namoz orqali yuqadimi?
Javob: Respublika Maxsus komissiyasining Qarori bilan Yashil hududlarda joylashgan masjidlar faoliyatiga ruxsat berilgan.
Iyun oyidan boshlab bosqichma-bosqich karantin tadbirlari yumshatib borilmoqda, aholi uchun zarur imkoniyatlar yaratilmoqda. Lekin soʻnggi paytlar sanitariya-gigiyena talbalariga amal qilmaslik oqibatida kasallikni koʻpayish hollari kuzatilmoqda.
☝️Ayni paytda barcha saʼy-harakatlarimiz va eʼtiborni hududlarni sogʻlomlashtirish va yashil hududga aylantirishga qaratish lozim.
SAVOL: «Qizil» xorijiy hududdan qaytgan bitta oila aʼzolari karantin markazida alohida joylashtiriladimi yoki birga?
Javob: Shaxslarni yoshi, jinsi va muloqotda boʻlganligiga qarab alohida yoki birgalikda joylashtirish belgilanadi. Yuqorida keltirilgan savol boʻyicha oila aʼzolari uchun zarur sharoitlar yaratilgan holda alohida joylashtiriladi.