«Qizil» xorijiy hududdan qaytgan bitta oila aʼzolari karantin markazida alohida joylashtiriladimi yoki birga?

0
165
marta koʻrilgan.

AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Botir Qurbonov ishtirokida  boʻlib oʻtgan  brifingda muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi.

SAVOL: Karantinni uyda oʻtkazayotgan fuqoralar davolanishi uchun ham tibbiyot xodimi biriktiriladimi?

Javob: Kasallik tasdiqlangan bemorlar bilan muloqotda boʻlgan va uy karantiniga olingan fuqarolar yashash manzillari boʻyicha karantin davri yakuniga qadar tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy kuzatuvga olinadi.

SAVOL: Karantin choralari yumshatilishi bois bir qator savdo markazlari, transport vositalari harakatlanishiga ruxsat berildi, lekin nega masjidlar ochilmayapti? Virus namoz orqali yuqadimi?

Javob: Respublika Maxsus komissiyasining Qarori bilan Yashil hududlarda joylashgan masjidlar faoliyatiga ruxsat berilgan.

Iyun oyidan boshlab bosqichma-bosqich karantin tadbirlari yumshatib borilmoqda, aholi uchun zarur imkoniyatlar yaratilmoqda. Lekin soʻnggi paytlar sanitariya-gigiyena talbalariga amal qilmaslik oqibatida kasallikni koʻpayish hollari kuzatilmoqda.

☝️Ayni paytda barcha saʼy-harakatlarimiz va eʼtiborni hududlarni sogʻlomlashtirish va yashil hududga aylantirishga qaratish lozim.

SAVOL: «Qizil» xorijiy hududdan qaytgan bitta oila aʼzolari karantin markazida alohida joylashtiriladimi yoki birga?

Javob: Shaxslarni yoshi, jinsi va muloqotda boʻlganligiga qarab alohida yoki birgalikda joylashtirish belgilanadi. Yuqorida keltirilgan savol boʻyicha oila aʼzolari uchun zarur sharoitlar yaratilgan holda alohida joylashtiriladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.