Xotin-qizlarga imkoniyat va kafolatlar

0
183
marta koʻrilgan.

Keyingi yillarda mamlaatimizda xotin-qizlarning haq-huquqlarini himoya qilishga yoʻnaltirilgan koʻplab islohotlar amalga oshirildi.

“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”, “Xotin – qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida” gi qonunlar, “2030 yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi” kabi huquqiy hujjatlarda ayollarning haq-huquqlari himoya qilinadi va ularga imtiyozlar belgilangan.

Mamlakatimizdagi saʼy- harakatlar natijasida 2019–2021 yillarda Oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan qizlar soni 2 barobarga ortdi. 2021 yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida faoliyat yurituvchi xotin-qizlarning ulushi 32,0 foyizga yetdi, Senatdagi ayollar 24,0 foyizga va rahbarlik lavozimlaridagi xotin-qizlar 28,8 foyizga oshdi.

Xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilishi tufayli xozirgi kunga kelib, tadbirkorlik faoliyatida xotin-qizlarning ulushi 35,0 foyizga yetkazildi.

 Jahon bankining xotin-qizlar faoliyati, biznes va qonun indeksi boʻyicha 2020 yilda mamlakatimizda katta  ahamiyatga molik islohotlar amalga oshirilgani uchun  27 ta davlatlar qatoridan joy oldi.

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.