Keyingi yillarda mamlaatimizda xotin-qizlarning haq-huquqlarini himoya qilishga yoʻnaltirilgan koʻplab islohotlar amalga oshirildi.
“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”, “Xotin – qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida” gi qonunlar, “2030 yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi” kabi huquqiy hujjatlarda ayollarning haq-huquqlari himoya qilinadi va ularga imtiyozlar belgilangan.
Mamlakatimizdagi saʼy- harakatlar natijasida 2019–2021 yillarda Oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan qizlar soni 2 barobarga ortdi. 2021 yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida faoliyat yurituvchi xotin-qizlarning ulushi 32,0 foyizga yetdi, Senatdagi ayollar 24,0 foyizga va rahbarlik lavozimlaridagi xotin-qizlar 28,8 foyizga oshdi.
Xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilishi tufayli xozirgi kunga kelib, tadbirkorlik faoliyatida xotin-qizlarning ulushi 35,0 foyizga yetkazildi.
Jahon bankining xotin-qizlar faoliyati, biznes va qonun indeksi boʻyicha 2020 yilda mamlakatimizda katta ahamiyatga molik islohotlar amalga oshirilgani uchun 27 ta davlatlar qatoridan joy oldi.
GUJUM.UZ