Yoʻllarda dezinfeksiyalash ishlari toʻxtatildimi?

0
158
marta koʻrilgan.

AOKA shtabida Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Habibulla Oqilov ishtirokida  boʻlib oʻtgan brifingda savol va murojaatlarga javob olindi.

SAVOL: Tomoqdan surtma olib tekshirilganda, koronavirusni aniqlash imkoni qanday?

JAVOB: Oʻzbekistonda COVID-19 virusini aniqlash uchun PSR (Polimepraz zanjir reaksiyasi) ishlatiladi. Uning aniqlash foizi juda yuqori —90 foizdan oshadi.

SAVOL: Nima uchun bizning mamlakatimizda koronavirusdan oʻlim holati juda past darajada? Bunga qanday erishildi?

JAVOB: Oʻzbekiston karantin va oʻz-oʻzini izolyasiya qilish tadbirlarini oʻz vaqtida va qatʼiy oʻrnatgani buning eng asosiy sababi. Shuningdek, shifokorlarimizning fidokorona mehnati, xalqaro tajribalarni qoʻllash ham qoʻl keldi. Boshqa yana koʻplab faktorlar ham bor.

SAVOL: Yoʻllarda dezinfeksiyalash ishlari toʻxtatildimi?

JAVOB: Yoʻq. Dezinfeksiyalash tadbirlari bekor kilingani yoʻq.

SAVOL: Bir tanishim koronavirusga test topshiribdi. Aytishicha, natija 14 kunlik kuzatuvdan soʻng aniq boʻlarmish. Shu rostmi?

JAVOB: Notoʻgʻri. Polimeraz zanjir reaksiyasi birinchi martadayoq toʻgʻri javob beradi. Bemor tuzalganligini aniqlash uchun analiz takrorlanadi.

SAVOL: Isroilda koronavirusga analiz oladigan budkalar tashkil qilinibdi. Bizda ham shunday test olish uchun joylar tashkil etilishi mumkinmi?

JAVOB: Yoʻq. Oʻzbekistonda koronavirusni aniqlash uchun analiz oladigan laboratoriyalar yetarli miqdorda. Ularda kerakli asbob uskunalar, reaktivlar va ularda ishlaydigan mutaxassislar yetarli. Shuning uchun koʻchma laboratoriya ochishga ehtiyoj yoʻq.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.