Astronomlar quyosh tizimiga yaqin boʻlgan, kattaligi taxminan Yerga oʻxshagan yangi sayyorani topdilar, deb xabar beradi BBC axborot xizmati.
Ross 128b deb nomlangan bu yangi sayyora yorugʻlik oʻlchamida 11 yil uzoqliqda joylashgan boʻlib, Yerga yaqin boʻlgan ikkinchi ekzosayyoradir.
Yerga eng yaqin boʻlgan Proksima deb nomlanuvchi sayyorada hayot uchun sharoit yoʻq. Chunki, Proksima entauri deb atalgan yulduzga yaqin boʻlgan bu sayyorada radiatsiya kuchli.
Ross 128bga yaqin boʻlgan yulduz esa Proksima entauriga oʻxshamaydi, bu yulduzni nisbatan ancha harakatsizligi yangi sayyorada hayot boʻlishi mumkin, degan taxminlar qilishga sabab boʻla oladi.
«Ross 128bning atmosferasi tarkibini aniqlashimiz kerak, bulutlarining tarkibiga qaraganda Yer kabi suyuq suv boʻlishi mumkin», deydi Shveysariyadagi Jeneva observatoriyasi olimi Nikola Astudillo-Défru.
Mazkur sayyoraning yulduzi bizning quyoshga qaraganda kichikroq. Radiatsiya darajasi bizning Yerdagiga nisbatan bir ozgina kuchliroq. Bu esa sayyora yuzasining harorati Yernikiga yaqin deganidir.
Surat BBC axborot xizmati saytidan olindi.