Yangi kashf qilingan sayyorada hayot boʻlishi mumkin

0
345
marta koʻrilgan.

Astronomlar quyosh tizimiga yaqin boʻlgan, kattaligi taxminan Yerga oʻxshagan yangi sayyorani topdilar, deb xabar beradi BBC axborot xizmati.

Ross 128b deb nomlangan bu yangi sayyora yorugʻlik oʻlchamida  11 yil uzoqliqda joylashgan  boʻlib, Yerga yaqin boʻlgan ikkinchi ekzosayyoradir.

Yerga eng yaqin boʻlgan Proksima  deb nomlanuvchi sayyorada hayot uchun sharoit yoʻq. Chunki, Proksima entauri deb atalgan yulduzga yaqin boʻlgan bu sayyorada radiatsiya kuchli.

Ross 128bga yaqin boʻlgan yulduz esa Proksima entauriga oʻxshamaydi, bu yulduzni nisbatan ancha harakatsizligi yangi sayyorada hayot boʻlishi mumkin, degan taxminlar qilishga sabab boʻla oladi.

«Ross 128bning atmosferasi tarkibini aniqlashimiz  kerak, bulutlarining tarkibiga qaraganda Yer kabi suyuq suv boʻlishi mumkin», deydi Shveysariyadagi Jeneva observatoriyasi olimi Nikola Astudillo-Défru.

Mazkur sayyoraning yulduzi bizning quyoshga qaraganda kichikroq. Radiatsiya darajasi bizning Yerdagiga nisbatan bir ozgina kuchliroq. Bu esa sayyora yuzasining harorati Yernikiga yaqin deganidir.

 

Surat BBC axborot xizmati saytidan olindi.

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.