Bogʻotlik 12 yoshli shaxmatchi qiz kattalar musobaqasida gʻolib boʻldi

0
288
views

Bogʻot tumanidagi 23-son maktab oʻquvchisi Shahrizoda Olimboyeva kattalar oʻrtasida shaxmat boʻyicha oʻtkazilgan Xorazm viloyati Oliy ligasida gʻolib boʻldi.

Shahrizoda oʻzining yoshi toifasida viloyatning bir necha bor chempioni boʻlib, 2020-2021 yillarda  xotin-qizlar Oliy Ligasi gʻolibi, Respublika va xalqaro turnirlar sovrindori boʻlib kelmoqda. 

 U Xorazm viloyati Oliy ligasida Bogʻot tumanidan gʻolib boʻlgan ilk shaxmatchidir, deya xabar beradi Bogʻot tumani hokimligi axborot xizmati.

 

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here