Bogʻot tumanidagi 23-son maktab oʻquvchisi Shahrizoda Olimboyeva kattalar oʻrtasida shaxmat boʻyicha oʻtkazilgan Xorazm viloyati Oliy ligasida gʻolib boʻldi.
Shahrizoda oʻzining yoshi toifasida viloyatning bir necha bor chempioni boʻlib, 2020-2021 yillarda xotin-qizlar Oliy Ligasi gʻolibi, Respublika va xalqaro turnirlar sovrindori boʻlib kelmoqda.
U Xorazm viloyati Oliy ligasida Bogʻot tumanidan gʻolib boʻlgan ilk shaxmatchidir, deya xabar beradi Bogʻot tumani hokimligi axborot xizmati.