Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi xodimlari oʻrtasida “Yilning eng faol yosh xodimi” koʻrik — tanlovi boʻlib oʻtdi.
Tanlovda “Bilim” AKMda bir necha yildan beri samarali faoliyat olib borgan 7-nafar 30-yoshgacha boʻlgan xodimlar qatnashdi. Koʻrik — tanlov ishtirokchilari hakamlar tomonidan saralab olindi. Yoshlar yetakchilik salohiyati, jamoat ishlarida faolligi, ijodiy qobiliyati va tashabbuskorligi eʼtiborga olinib tanlandi.
Bellashuvda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati bosh mutaxassisi J.Nizomiddinov 1-oʻrin, ushbu boʻlim mutaxassisi M.Mavlonova 2-oʻrin, Yigʻma elektron katalog sektori mudiri M.Mirzahoshimova 3-oʻringa loyiq deb topildi.
Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan yoshlarga “Bilim” AKM direktori H.Q. Karimova tomonidan sertifikat va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Madina MAVLONOVA, Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi mutaxassisi