Iqtidorli yoshlar-yurt kelajagi!

0
797
marta koʻrilgan.

 Yoshlar kuni munosabati  bilan Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi  xodimlari oʻrtasida “Yilning eng faol yosh xodimi” koʻrik — tanlovi boʻlib oʻtdi.

Tanlovda “Bilim” AKMda  bir necha yildan beri samarali  faoliyat olib borgan 7-nafar  30-yoshgacha boʻlgan xodimlar qatnashdi.  Koʻrik — tanlov ishtirokchilari hakamlar tomonidan saralab olindi. Yoshlar yetakchilik salohiyati, jamoat ishlarida faolligi, ijodiy qobiliyati va tashabbuskorligi eʼtiborga olinib tanlandi.

 Bellashuvda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati bosh mutaxassisi J.Nizomiddinov 1-oʻrin, ushbu boʻlim mutaxassisi  M.Mavlonova 2-oʻrin, Yigʻma elektron katalog sektori mudiri  M.Mirzahoshimova 3-oʻringa loyiq deb topildi.

Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan yoshlarga “Bilim” AKM direktori H.Q. Karimova tomonidan sertifikat va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Madina MAVLONOVA, Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi mutaxassisi 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.