Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportida yangi terminal ish boshladi

0
196
marta koʻrilgan.

Bugun, 15 iyun kuni Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportida 1 soat ichida 1200 nafargacha boʻlgan yoʻlovchilarga xizmat koʻrsata oladigan yangi zalning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi,  deya xabar bermoqda «Uznews».

Yangi terminal muhandislik-texnik uskunalar bilan jihozlangan boʻlib, bu yerda «qizil» va «yashil» yoʻlaklar, 4 ta yuk lentasi, pasportni nazorat qiluvchi 24 ta punkt, ikkita valyuta almashtirish punktlari, ikkita «Duty free» doʻkoni va ikkita kafe-bar mavjud.

Taʼkidlash joiz, yangi terminalda pasport nazoratidan oʻtish vaqti 7-10 daqiqagacha qisqaradi (avval bu jarayonga 15-20 daqiqa ketardi).

«Yangi zalning ochilish kunida aviakompaniya xodimlari va OAV vakillari Seul–Toshkent yoʻnalishida uchib kelgan 243 nafar yoʻlovchilarni kutib olishdi», deyiladi xabarda.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.