Jahon sporti tarixida yorqin iz qoldira olgan hamyurtimiz Oksana Chusovitina 43 yoshga toʻldi.
1992 yilgi Olimpiya oʻyinlari chempioni, 2008 yilgi Pekin Olimpiadasi vitse-chempioni, uch karra jahon chempioni, Yevropa chempionati va Osiyo oʻyinlari gʻolibi Oksana Chusovitina Oʻzbekistonning faxridir. U yettita yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016) boʻlib, ushbu koʻrsatkich orqali Ginnes rekordlari kitobiga hamda Xalqaro gimnastika shon-sharaf zaliga kiritilgan. Eʼtiborlisi, Chusovitina professional faoliyatini yakunlamay turib Xalqaro gimnastika shon-sharaf zaliga kirgan yer yuzidagi yagona gimnastikachi hisoblanadi.
Oksana Chusovitinaning xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. U Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi faxriy unvoni egasi, shuningdek «Doʻstlik», «Mehnat shuhrati» va «El-yurt hurmati» ordenlari bilan taqdirlangan.
Oʻzbekistonning afsonaviy yulduzi Oksana Chusovitina qutlugʻ ayyomi bilan gujum. uz sayti tahririyati ham qutlaydi.
Raʼno Sapoyeva