Oksana Chusovitina professional faoliyatini yakunlamay turib Xalqaro gimnastika shon-sharaf zaliga kiritilgan yer yuzidagi yagona gimnastikachi!

0
204
views

 Jahon sporti tarixida yorqin iz qoldira olgan hamyurtimiz Oksana Chusovitina  43 yoshga toʻldi.

1992 yilgi Olimpiya oʻyinlari chempioni, 2008 yilgi Pekin Olimpiadasi vitse-chempioni, uch karra  jahon chempioni, Yevropa chempionati va Osiyo oʻyinlari gʻolibi Oksana Chusovitina Oʻzbekistonning faxridir. U yettita yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016) boʻlib,  ushbu koʻrsatkich orqali Ginnes rekordlari kitobiga hamda Xalqaro gimnastika shon-sharaf zaliga kiritilgan. Eʼtiborlisi, Chusovitina professional faoliyatini yakunlamay turib Xalqaro gimnastika shon-sharaf zaliga kirgan yer yuzidagi yagona gimnastikachi hisoblanadi.

Oksana Chusovitinaning xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. U  Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi faxriy unvoni egasi, shuningdek «Doʻstlik», «Mehnat shuhrati» va «El-yurt hurmati» ordenlari bilan taqdirlangan. 

Oʻzbekistonning afsonaviy yulduzi Oksana Chusovitina qutlugʻ ayyomi bilan  gujum. uz sayti tahririyati ham qutlaydi.

Raʼno Sapoyeva

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here