Jannat guli-rayhon

0
3616
views

Rayhonni xalqimiz jannat guli, deya ardoqlaydi. Dumogʻiga xushbuy ufurib turishi uchun quloqqa taqib olishadi. Bu bejiz emas. Chunki u yuqumli kasallik tarqatuvchi mikroblardan va infeksiyalardan tozalaydi.

Uning yer ustki qismi tarkibida efir  moyi bor. U asosan kamfora va boshqa terpenoidlardan tashkil topgan. Undan kamfara olinadi. U yurak tomir tizimi ishini va nafas olishni qoʻzgʻatishda ishlatiladi, uni  ham ichish ham hidlash tavsiya qilinadi.

Bod kasalligida va shamollash kasalliklarida mushaklarning ogʻrigan joyiga  surtish yaxshi foyda beradi.

Tomoq ogʻriganda: 4 qoshiq maydalangan rayhon bargini 250 ml. qaynagan suvga solib, 20 daqiqa davomida pas olovda dimlang va suzib olib, kun davomida 2-3 marta iliq holda tomogʻingizni chaying.

Qovoqlar shamollashi uchun: 2 qoshiq maydalangan rayhon barglarini 500 ml. qaynagan suvga solib dimlang va sovutib suzgichdan oʻtkazing. Malhamga dokani botirib, qovoqlaringiz ustiga qoʻying.

Bosh ogʻriganda: Rayhon, mavrak, limonoʻtni baravar olib, 1 choy qoshigʻini 200 ml. qaynagan suvga aralashtirib, 20 daqiqa dimlang, tindirib, suzgichdan oʻtkazing va 1 choy qoshiq asal bilan aralashtirib iching. Bu ichimlik  tinchlantirish xususiyatiga  mavjudligi uchun bosh ogʻrigʻini qoldiradi.

Shoira Bekchanova, tibbiyot fanlari nomzodi

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here