Barcha meva va poliz mahsulotlari kabi nok ham inson organizmi uchun katta ahamiyatga ega.
Uning tarkibida arbutin, pektin, foli kislotasi, beta-karotin mavjud boʻlib, A, V1, V2, V5, V6, V9, S, Ye, K, N va RR vitaminlari hamda inson organizmi uchun kerakli minerallar – kaliy, kalsiy, rux, selen, mis, va marganets, temir, yod, oltingugurt, ftor, fosfor va natriy mavjud. Shuningdek, oqsil, yogʻ va uglevodga boy boʻlib, 100 gr. meva 42 kkalga ega.
Mazkur meva yurak-qon tizimini yaxshilash, buyrak va qovuq yalligʻlanishining oldini olish, organizmni turli zahar va xiltlar(xolestrin)dan tozalash xususiyatiga ega.
Nok tarkibida oz miqdorda beta-karotin, lyutein va zeaksantin mavjud boʻlib, ular C va A vitaminlari bilan birgalikda organizmni zararli moddalardan muhofaza qiladi. Shu bilan birga ushbu mahsulot jigar va qandli diabet kasalliklarida, semizlikni oldini olishda foydalidir.
Shoira Bekchanova, tibbiyot fanlari nomzodi