Ona yurt neʼmati pomidorning foydali xususiyatlari

0
992
marta koʻrilgan.

Pomidor tarkibi  AYeSRRK va V guruhiga mansub vitaminlarga boy. Shuningdek, xalq tili bilan aytganda pamildorida qand, olma va limon kislotalari, pektin, kraxmal, fitonsidlar, hamda temir, kalsiynatriykaliymagniy, fosfor, boryodsinkmedmarganets kabi minerallar va boshqa makro- mikroelementlar mavjud. Uning tarkibidagi likopin esa kuchli antioksidantligi bilan ajralib turadi. Odam organizmini onkologik, yurak-tomir kasalliklaridan himoya qilishda likopin katta ahamiyatga ega.

Olimlarning taʼkidlashicha, yangi uzilgan pomidorni qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan mahsulotlarda likopin moddasi pomidorning oʻziga qaraganda koʻp miqdorda boʻladi. U saraton kasalligining koʻpgina turlaridan himoya qiladi.  

Likopin, jumladan, quyidagi aʼzolarda saraton dardi paydo boʻlishi xavfini kamaytiradi: ogʻiz boʻshligʻi, oʻpka, oshqozon, jigar, koʻkrak bezlari, bachadon boʻyni, toʻgʻri ichak. Bundan tashqari, likopin yurakni erkin radikallarning taʼsiridan himoya qiladi va bu bilan yurak qon-tomir kasalliklari paydo boʻlishi ehtimolini oldini oladi.

Ona yurt neʼmati, tabiiy mahsulotlarni koʻproq isteʼmol qiling.

Shoira BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.