Pomidor tarkibi A, Ye, S, RR, K va V guruhiga mansub vitaminlarga boy. Shuningdek, xalq tili bilan aytganda pamildorida qand, olma va limon kislotalari, pektin, kraxmal, fitonsidlar, hamda temir, kalsiy, natriy, kaliy, magniy, fosfor, bor, yod, sink, med, marganets kabi minerallar va boshqa makro- mikroelementlar mavjud. Uning tarkibidagi likopin esa kuchli antioksidantligi bilan ajralib turadi. Odam organizmini onkologik, yurak-tomir kasalliklaridan himoya qilishda likopin katta ahamiyatga ega.
Olimlarning taʼkidlashicha, yangi uzilgan pomidorni qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan mahsulotlarda likopin moddasi pomidorning oʻziga qaraganda koʻp miqdorda boʻladi. U saraton kasalligining koʻpgina turlaridan himoya qiladi.
Likopin, jumladan, quyidagi aʼzolarda saraton dardi paydo boʻlishi xavfini kamaytiradi: ogʻiz boʻshligʻi, oʻpka, oshqozon, jigar, koʻkrak bezlari, bachadon boʻyni, toʻgʻri ichak. Bundan tashqari, likopin yurakni erkin radikallarning taʼsiridan himoya qiladi va bu bilan yurak qon-tomir kasalliklari paydo boʻlishi ehtimolini oldini oladi.
Ona yurt neʼmati, tabiiy mahsulotlarni koʻproq isteʼmol qiling.
Shoira BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi