Ona yurt neʼmatlaridan ShIFOBAXSH ShARBATLAR

0
441
marta koʻrilgan.

Pandemiya davrida  sogʻlom ovqatlanish sirlaridan biri —  meva hamda sabzavotlarning sharbatlaridan muntazam foydalanishdir. Azizlarim, bular men oilaviy qoʻllanadigan, hayotimda sinab koʻrgan usullarim desam ishoning. Ushbu neʼmatlar arzon boʻlish bilan birga tayyorlash oson va foydali!

UZUM ShARBATI — kamqonlik, oʻpka kasaliklari, quvvat kamligini davolashda va oʻt qopidagi toshlarni tushirishda yordam beradi.

OLMA ShARBATI — tarkibida suyaklarni mustahkamlovchi moddalar mavjud. Shuning uchun ham uni yosh bolalarga koʻproq berish kerak.

SABZI ShARBATI — koʻz nurini ravshanlashtiradi. Teri, nafas yoʻli va ovqat hazm qilish tizimidagi shilliq pardalarni tozalaydi. Ammo jigari xasta ayollarga meʼyordan ortiq sabzi sharbatini ichish tavsiya etilmaydi.

LAVLAGI ShARBATI — yoshartiruvchi xususiyatga ega. Oʻsimtalarning rivojlanishini toʻxtatib qola oladi. Lavlagi sharbati juda taxir boʻlgani uchun uni karam, olma yoki sabzi sharbati bilan aralashtirib istemol qilgan maʼqul.

LIMON ShARBATI — tanadan zaharlarni chiqarib tashlaydi, gʻayratni oshiradi va jigarni tozalaydi.

KARAM ShARBATI — allergiyaga qarshi vosita. Apelsin yoki mandarin yegandan soʻng paydo boʻladigan turli toshmalarni u tez yoʻqotadi. Agar bolaga ertalab och qoringa bir osh qoshiq karam sharbati ichirsangiz, har qanday diatezning tez orada yoʻqolishiga guvoh boʻlasiz.

APELSIN ShARBATI — «S» vitamini yetishmaganda, koʻz xiralashganda, radioaktiv nurlanish oshganida ichiladi.

KARTOSHKA ShARBATI — bosh ogʻrigʻi, jigʻildon qaynashiga shifo boʻladi.

Jurnalist Dilbar Bekchanova tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.