Qora sedananing shifobaxsh xususiyatlari

7
60548
marta koʻrilgan.

Qora sedananing shifobaxsh xususiyatlari qadimdan maʼlum boʻlib, Sharq tabobatida undan keng foydalanilgan.  Bu haqida buyuk tabib Ibn Sino shunday degan: “Sedana vujud energiyasini yaxshilaydi, kasalliklar sababli yoʻq boʻlib ketgan  bakteriyalarni tiklaydi”. Buyuk tabibning ushbu soʻzini bugungi tibbiyot tili bilan izohlasak, immunitetni mustahkamlash, kuch-quvvatni oshirish xususiyatiga ega. Ayni kunda koronavirus xavf solib turganida, immunitetni koʻtarish orqali kayfiyatni yaxshilash  katta ahamiyatga ega.

Insonning immuniteti mustahkam boʻlsa, ruhan tetik boʻlsa, dard yuqmaydi kasallik chekinadi.

Isteʼmol qilish tartibi: Katta yoshli kishilar kuniga 1 choy qoshiqda 2 mahal, ertalab va kechqurun ovqatlangandan soʻng, iliq suv  bilan ichishadi. Bolalar esa yarim choy qoshigʻida kuniga 2 mahal, ovqatlangandan soʻng iliq suv  bilan ichadilar.

Imom Muslim va Imom Buxoriy hadislarida taʼkidlanishicha, Muhammad sollallohu alayhi va sallam: «Qora sedanada oʻlimdan boshqa hamma dardlarga davo bor”, deb marhamat qilganlar.

Qora sedana yogʻining tibbiyotda urugʻi va yogʻi ishlatiladi. Qora sedana va uning yogʻi koʻp kasalliklarning oldini olish va davolashda ajoyib vosita boʻlib, nafas yoʻllari kasalliklari, shamollash va astmani davolashda ijobiy natija beradi, yoʻtalni qoldiradi, Balgʻamni koʻchirib tushiradi. Ovozni tiniqlashtiradi. Sedana yogʻiga limon sharbatini aralashtirib isteʼmol qilish balgʻamning koʻchishini yanada kuchaytiradi.

 Sklerozni davolashda  hamda  organizmda paydo boʻlgan har xil shish va oʻsimtalarning soʻrilishiga yordam beradi. Bir qoshiq yanchilgan sedanaga bir bosh piyoz aralashtirib isteʼmol qilish tavsiya etiladi. 

 Buyrak va siydik pufagidagi toshlarni maydalash, peshob haydash xususiyatiga ham  ega. Buning uchun qora sedana urugʻini hovonchada yanchib, asal bilan aralashtirib isteʼmol qilinadi.

Ona sutni koʻpaytiradi, Qon bosimini pasaytiradi, qandli diabetda ham koni foyda. Qondagi qand moddasini kamaytiradi, shu yoʻl bilan diabetdek xavfli kasallikka chalinishning oldini oladi.

 Temiratki va boshqa teri kasalliklarida qora sedanani ezib sirka qoʻshib malham sifatida ishlatilsa yaxshi samara beradi.

Qaynatilgan sedana urugʻini revmatizm va boshqa shamollash kasalliklarida kompress qilish ham yalligʻlanishni ketkazadi.

Dardni bergan Olloh shifosini ham oʻzi beradi.  Shifo esa bilib ishlatilsa ona yurt neʼmatlarining oʻzidadir.

Tibbiyot fanlari nomzodi Shoira BEKCHANOVA tayyorladi.

 

Yoyish

7 Mulohaza

  1. Qora sedananing foydali xususiyatlari toʻgʻrisidaoi maqola juda dolzarb va muxim. Ayniqsa ayri kunda koronavirus-koʻrinmas balodan saqlanishda asosiy omil xisoblanadi. Hamma endi oʻz salomatligi uchun qabul qilsa kerak. Men ham boshladim. Rahmat Shoiraxon.

  2. Assalamu aleykum va rohmatullohi va barokatuh bu maʼlumotlarni va shunga oʻxshash inson uchun zarur belgilarni yaqin yaqingacha rus yoki turk saytlaridan qidirar edim, endi oʻzbek tilida ham keng va tushunarli yoritib beribsiz katta ahamiyatga ega boʻlgan shunday maʼlumotlar yanayam koʻproq chop etsangiz. Barchasi uchun minnatdorchilik bildiraman Alloh rozi boʻlsin raxmat ishlaringizga omad va sogʻliq tilayman

    • Salomatlik tuman boylik deydi xalqimiz. Bu borada sizni yaxshi biladigan uchastka vrachingiz bilan maslahatlashing. Turli xil tahlillar topshiring. Shundan keyingina vrach biror xulosaga kelishi mumkin. Salomat boʻling. Umringiz uzoq boʻlsin.

    • Bu borada sizni yaxshi biladigan uchastka vrachingiz bilan maslahatlashing. Turli xil tahlillarsiz birovning gapi bilan ish qilib boʻlmaydi. Alloh dilingizni ravshan aylasin.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.