Disbakterioz – oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi

0
16148
marta koʻrilgan.

Oshqozon-ichak mikroflorasining normal holatda boʻlishida K guruhiga kiruvchi vitaminlarning ahamiyati katta. Ushbu vitaminlar orqali organizmdagi ehtiyojlar, ichaklar mikrofloralari normal holatda toʻliq samarali faoliyat yuritishi mumkin.

 Disbakterioz oshqozon-ichak tizimining buzilishi yoki maʼlum dori-darmonlarni notoʻgʻri qabul qilish natijasida yuzaga kelishi mumkin. Odamlar parhez tutish jarayonida  turli xil oziq-ovqatlarni oʻz kun tartiblariga  qoʻshimcha  kiritadilar. Ular bilishmaydiki ovqatlanish ratsionini keskin almashtirish, ichakning mikroflorasida oʻzgarishlarga olib keladi. Disbakterioz belgilari — ichketishi yaqqol namoyon boʻlishi mumkin. Disbakterioz holati yuz berganda  K guruhi vitaminlari tanaga yetarli darajada ishlab chiqarilmaydi.              

Ammo buning yechimi bor. Tarkibida K guruhi vitaminlari bor boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlaridan keng foydalanish lozim. Ular  bugʻdoy, oq karam, Bryussel karami, bugʻdoy kepagi, kivi, banan, sut va sut mahsulotlari, goʻsht, tuxum hamda zaytun yogʻida mavjud. Ularni moʻl-moʻl va oʻz vaqtida isʼtemol qilish lozim.

Shoira Bekchanova, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali vrach

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.