Oshqozon-ichak mikroflorasining normal holatda boʻlishida K guruhiga kiruvchi vitaminlarning ahamiyati katta. Ushbu vitaminlar orqali organizmdagi ehtiyojlar, ichaklar mikrofloralari normal holatda toʻliq samarali faoliyat yuritishi mumkin.
Disbakterioz oshqozon-ichak tizimining buzilishi yoki maʼlum dori-darmonlarni notoʻgʻri qabul qilish natijasida yuzaga kelishi mumkin. Odamlar parhez tutish jarayonida turli xil oziq-ovqatlarni oʻz kun tartiblariga qoʻshimcha kiritadilar. Ular bilishmaydiki ovqatlanish ratsionini keskin almashtirish, ichakning mikroflorasida oʻzgarishlarga olib keladi. Disbakterioz belgilari — ichketishi yaqqol namoyon boʻlishi mumkin. Disbakterioz holati yuz berganda K guruhi vitaminlari tanaga yetarli darajada ishlab chiqarilmaydi.
Ammo buning yechimi bor. Tarkibida K guruhi vitaminlari bor boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlaridan keng foydalanish lozim. Ular bugʻdoy, oq karam, Bryussel karami, bugʻdoy kepagi, kivi, banan, sut va sut mahsulotlari, goʻsht, tuxum hamda zaytun yogʻida mavjud. Ularni moʻl-moʻl va oʻz vaqtida isʼtemol qilish lozim.
Shoira Bekchanova, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali vrach