Soʻnggi paytlarda konditsionerlardan qatʼiyan voz kechish kerak, degan fikr tez-tez eshitilmoqda. Bizning iqlim sharoitida bu fikrga qoʻshilmayman. Chunki, oʻpkasi kasallangan odam uchun baland haroratga chidash qiyin kechadi.
Yagona talab — konditsionerning barcha filtrlarini muntazam tozalab turish kerak. Konditsioner oʻchirilganidan keyin xonani kechki va tungi paytlarda har kuni shamollatish kerak. Tabiiyki, juda past haroratni oʻrnatmaslik, undan keladigan shamolni odamga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻnaltirmaslik kerak.
Bizning quruq iqlimimiz sharoitida namlovchi vosita ham yaxshi moslama. Biroq, yana bir nozik jihati — namlagichdan foydalanganda xona yoki ayvon harorati issiq boʻlmasligi kerak. Yuqori harorat va namlik bu — hammom kabi boʻlib, nafas olish oson boʻlmaydi.
Eng asosiysi, bemor har qanday holatda oʻzini yaxshi his qilishi lozim va unga qulay boʻlishiga eʼtibor qaratish muhim.
Nilufar Shomurodova, oliy toifali vrach