Pnevmoniyaga chalingan insonlar yoz faslida konditsionerdan foydalansa boʻladimi?

0
286
marta koʻrilgan.

Soʻnggi paytlarda konditsionerlardan qatʼiyan voz kechish kerak, degan fikr tez-tez eshitilmoqda. Bizning iqlim sharoitida bu fikrga qoʻshilmayman. Chunki, oʻpkasi kasallangan odam uchun baland haroratga chidash qiyin kechadi.

 Yagona talab — konditsionerning barcha filtrlarini muntazam tozalab turish kerak. Konditsioner oʻchirilganidan keyin xonani kechki va tungi paytlarda har kuni shamollatish kerak. Tabiiyki, juda past haroratni oʻrnatmaslik, undan keladigan shamolni odamga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻnaltirmaslik kerak.

Bizning quruq iqlimimiz sharoitida namlovchi vosita ham yaxshi moslama. Biroq, yana  bir nozik jihati — namlagichdan foydalanganda xona yoki  ayvon harorati issiq boʻlmasligi kerak. Yuqori harorat va namlik bu — hammom kabi boʻlib, nafas olish oson boʻlmaydi.

Eng asosiysi, bemor har qanday holatda oʻzini yaxshi his qilishi lozim va unga qulay boʻlishiga  eʼtibor qaratish muhim.

Nilufar Shomurodova, oliy toifali  vrach

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.